Ustoz Pro — Maxfiylik siyosati

Sana: 2026-yil (yangilangan)

1. Umumiy

Ustoz Pro Chrome kengaytmasi («Kengaytma») o'qituvchilar uchun BSB, CHSB, tahlil va xulosa hisobotlarini tayyorlash vositasidir. Kengaytma Emaktab.uz bilan doimiy bog'lanib ishlamaydi: jurnal ma'lumotlari foydalanuvchi o'zi import qilgan XLS fayllardan o'qiladi va faqat brauzer xotirasida qayta ishlanadi.

2. Asosiy tamoyil

Emaktab login va parol hech qachon serverga yuborilmaydi. Kengaytma parolni o'qimaydi, saqlamaydi va uzatmaydi.

O'quvchi baholari, BSB/CHSB ballari, tayyor hisobotlar va boshqa shaxsga oid kontent serverda yig'ilmaydi va saqlanmaydi. Hisobot tayyorlash, tahrirlash va eksport — hammasi faqat sizning brauzeringizda bajariladi.

Kengaytma Emaktab jurnalini fon rejimida kuzatmaydi va onlayn o'qimaydi. Ishlash uchun kerakli ma'lumotlar — import qilingan XLS fayllar va brauzer ichidagi mahalliy saqlash (chrome.storage.local) orqali ta'minlanadi.

Server faqat DEMO va litsenziya holatini tekshiradi (kengaytmani ishlatish huquqingiz bormi-yo'qmi). Shaxsiy o'quvchi ma'lumotlarini yig'ish Ustoz Pro ning maqsadi emas.

3. Bir martalik sozlash (ixtiyoriy)

DEMO yoki litsenziya olish va importni tekshirish uchun birinchi marta quyidagilar brauzer xotirasiga yozilishi mumkin:

Sozlash tugagach kengaytma Emaktab tabi ochiq bo'lmasa ham ishlaydi. Ushbu ma'lumotlar serverga yuborilmaydi; faqat qurilmangizda saqlanadi.

4. Brauzerda qayta ishlanadigan ma'lumotlar

XLS fayllar foydalanuvchi qurilmasida qayta ishlanadi; jurnal tarkibi serverga yuklanmaydi.

5. Serverga nima ketadi (faqat litsenziya)

BSB va CHSB ballari, o'quvchi baholari hamda tayyor hisobotlar serverga yuborilmaydi va serverda saqlanmaydi.

6. Mahalliy saqlash (chrome.storage)

Quyidagilar faqat qurilmada saqlanadi:

Kengaytmani o'chirish yoki brauzer ma'lumotlarini tozalash bu yozuvlarni o'chiradi.

7. Uchinchi tomonlar

Kengaytma litsenziya API va Telegram bot bilan ishlaydi. Bir martalik sozlashda Emaktab.uz sahifasidan faqat profil va sinflar ro'yxati o'qilishi mumkin; doimiy monitoring yo'q. Reklama yoki kuzatuv tizimlari ishlatilmaydi.

8. Foydalanuvchi huquqlari

Kengaytmani o'chirib tashlash, «Hammasini tozalash» tugmasi yoki brauzer ma'lumotlarini tozalash orqali mahalliy saqlangan ma'lumotlarni o'chirishingiz mumkin. Litsenziya va profil ma'lumotlarini o'chirish uchun biz bilan bog'laning.

9. Aloqa

Domen: ustoz.certify.uz
Telefon: +998 90 004-11-24
Telegram: @jorabek_nurjanov